Putinning faqatgina bitta xizmatkori qoldi – Podolyak Shoygu yo‘qolib qolgani haqida

Olam

image

Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘yganiga e’tibor qaratib, bir qancha muhim siyosiy arboblari axborot maydonidan g‘oyib bo‘lganini aytib o‘tdi. Bu haqda u o‘zining Telegram ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Shoygu qariyb ikki hafta davomida omma oldiga chiqmagan. U federal kanallar efirida va ommaviy protokol tadbirlarida ko‘rinish bermayapti. Bosh shtab boshlig‘i Gerasimov ham g‘oyib bo‘lgan. 

"G‘oyib bo‘lishdi. Shuningdek, Patrushev, Bortnikov, Narishkin kabi razvedka xizmatlari rahbarlari ham tizimli va muhim protokol bayonotlarida yo‘q. Ular ham majburiy protokollardan g‘oyib bo‘lishdi. Iqtisodchilar ham jim – Bosh vazir Mishustin, Markaziy bank rahbari Nabiullina, vazir Reshetnikov", deydi Podolyak.

Uning ta’kidlashicha, Putinning faqat bitta jamoatchilikka ko‘rinish berayotgan sodiq xizmatkori qolgan, u ham bo‘lsa Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Shuningdek, Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov tentaknamo bayonotlar bilan omma oldiga chiqyapti. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu to‘satdan jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘ydi. U oxirgi marta joriy yilning 11 mart kuni omma oldiga chiqqan, jurnalistlar esa uni 12 kundan beri ko‘rmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2345

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing