Putinni qamoqqa olish bo‘yicha order berildi

Olam

image

Gaaga xalqaro jinoiy sudi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Bolalar masalalari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olish bo‘yicha order berdi. Bu haqda Xalqaro jinoiy sud rasmiy sahifasida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, Rossiya rahbari Ukrainadagi bosib olingan hududlarda aholini, jumladan, bolalarni noqonuniy ko‘chirish va Rossiyaga noqonuniy o‘tkazish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgan. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti devonining bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham huddi shu ayblovlar qo‘yilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada istiqomat qiladigan 7,5 million boladan shu kunga qadar 4,3 millionga yaqini urush tufayli boshqa hududlarga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Ulardan 1,8 millioni qo‘shni davlatlarga qochqin sifatida o‘tgan bo‘lsa, yana 2,5 million bola o‘z uyini tashlab ketgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing