Putinni do‘stim deb hisoblayman – Lukashenko

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni o‘zining do‘sti, deb biladi. Bu haqda u jurnalist Naila Asker-zadaga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Videoning bir qismi uning Tekegram kanalida e’lon qilingan.

“Ha, men uni [Putin]ni do‘stim deb bilaman”, deydi Lukashenko.

Boshqa bir parchada Lukashenko Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan munosabatlari haqida ham gapirgan. 

“Men Volodya Zelenskiydan xafa emasman. Ammo men unga salom aytmagan bo‘lardim”, deydi Belarus Prezidenti.

Suhbatning to‘liq ko‘rinishi hali e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing