“Putiniston” kitobini yozgan jurnalist Rossiyadan chiqarib yuborildi
Olam
−
22 mart
9809Ispaniyaning “El Mundo” gazetasi muxbiri Xaver Kolas vizasini uzaytirishdan bosh tortgani uchun Rossiyadan chiqarib yuborildi. Bu haqda “El Mundo” gazetasi xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 19 mart kuni kechqurun jurnalist rossiyalik ma’lum bir amaldordan 24 soat ichida mamlakatni tark etish talabini olgan.
"Agar viza muddati tugamasdan ketmasangiz, muammoga duch kelasiz", deydi Kolas.
Gazeta jurnalistning vizasini uzaytirmaslik qarori sababini ochiqlamagan. Ertasi kuni Xaver Kolas Rossiyani tark etgan.
Tahririyatning ta’kidlashicha, bir necha oy oldin politsiya Kolasning Moskvadagi kvartirasiga kelib, uni safarbar qilingan ruslarning rafiqalarining xatti-harakatlarini yoritishni to‘xtatish haqida ogohlantirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Xaver Kolas Rossiyada 12 yil ishlagan. U Kiyevdagi Maydandagi voqealarni ham yoritib, keyin Qrim va Donbassga sayohat qilgan.
2024 yil fevral oyida Kolas zamonaviy Rossiyaga bag‘ishlangan “Putiniston” kitobini nashr etdi. Unda u urushni Putin loyihasiga to‘g‘ri kelmaydigan Ukrainani yo‘q qilish uchun salib yurishi deb ataydi.
"Bir kechada to‘satdan hayotingizning 12 yilini uchta chamadonga solib, ertasi kuni bu kvartira siz uchun taqiqlangan hududga aylanishini bilib, eshikni yopish qiyin", deydi Rossiyadan chiqarib yuborilgani haqida eshitgan Kolas.
LiveBarchasi