Putin Zaporoje AESni portlatishi mumkin – “The Times”

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Zaporoje atom elektr stansiyasini portlatishga buyruq berishi mumkin. Bu haqda “The Times” gazetasi yozmoqda.

Nashrga ko‘ra, Putin uchun avtoritar hukmdor sifatida o‘z tarafdorlari oldida obro‘sini saqlab qolish muhim.

“Biroq urushning boshlanishi o‘z-o‘zidan katta strategik xato va so‘nggi isyonga urinish Putinni qandaydir radikal qadamlar sari undashi mumkin”, deyiladi gazeta xabarida.

Qayd etilishicha, Putin armiyasi uzoq vaqtdan beri haqiqiy muvaffaqiyatlarni jamoatchilikka ko‘rsata olmadi, bu esa Putinning obro‘siga putur yetkazadi.

“The Times” gazetasining yozishicha, 24 iyun voqealari Putin pozitsiyasining beqarorligini yana bir bor ko‘rsatdi: Rossiya armiyasi Prigojinning “Vagneritlari”ga deyarli qarshilik ko‘rsatmadi va Rostov aholisi yollanma askarlarni ishtiyoq bilan kutib oldi.

“Bu Putin rejimi uchun xavfli va mintaqa uchun xavfning kuchayishidir. Siyosiy gegemonlikni qaytarish uchun janob Putin tezda g‘alaba qozonish umidida urushni kuchaytirish vasvasasiga tushishi mumkin. Uning armiyasi allaqachon Kaxovkadagi GESni portlatib yuborgan (garchi Rossiya buni ochiqchasiga inkor etsa ham). Shuningdek, uning Zaporoje atom elektr stansiyasiga zarba berish rejasi bo‘lishi mumkin”, deyiladi gazeta xabarida.

Nashrda ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda harbiylar va xodimlarning stansiyadan bosqichma-bosqich olib chiqilishi haqidagi xabarlar bu shubhalarni tasdiqlaydi.

Shuningdek, gazeta NATO davlatlari Moskvani potensial halokatli oqibatlarga olib keladigan atom elektr stansiyalarining sabotajini javobsiz qoldirmasliklari haqida qattiq ogohlantirishi kerakligini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Zaporoj'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing