Putin zaharlanishdan qo‘rqib 1000 ga yaqin shaxsiy xodimini bo‘shatdi – OAV

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning fevral oyida 1000 ga yaqin shaxsiy xodimini zaharlashi mumkinligi sababli almashtirdi. Bu haqda “Daily Beast” nashri yozmoqda.

Ishdan bo‘shatilganlar orasida qo‘riqchilar, oshpazlar, kir yuvuvchilar va kotiblar ham bor, deb yozadi nashr Rossiya hukumatidagi manbaga tayanib. Ya’ni, Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga qandaydir tarzda yaqin bo‘lgan har bir kishi ishdan bo‘shatilgan.

Fransiya tashqi xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSE)ning iste’fodagi agenti – qotil zahar eng samarali usul bo‘lishini aytgan.

“Urinish Kreml ichkarisidan bo‘ladi. Bu tashqaridan bo‘ladigan ish emas”, degan u.

DGSE’ning tajribali agenti Putinni o‘ldirish rejasi har bir razvedka agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan ish ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1838

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing