Putin yeng shimardi. U Raisiyning o‘limi sababini aniqlamoqchi
Olam
−
22 may 2024
25795Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy halok bo‘lgan samolyot halokatini tergov qilishda yordam berishga tayyorligiga ishontirdi.
“Agar hamkasblarimizga ehtiyoj bo‘lsa, biz ularga ekspert yordami, ushbu fojianing asl sabablarini aniqlashda ekspert yordami ko‘rsatish uchun hamma narsani qilishga tayyormiz”, deydi Rossiya davlat rahbari Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashuvda.
Putin eronlik mavqedoshining o‘limini “katta yo‘qotish” deb atagan.
Rossiya Prezidentining aytishicha, Moskva Raisiy davrida bo‘lgani kabi Tehron bilan ham hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Ammo Putin Raisiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Tehronga bormaydi, o‘rniga Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinni yubormoqda.
Putin va Raisiy
Putin va Raisiy oxirgi marta 2023 yil 7 dekabrda Moskvada shaxsan uchrashgan va noyabr oyida ular onlayn BRICS sammitida ishtirok etgan. Bungacha ular 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda SHHT sammiti doirasida uchrashgan edi. Prezidentlar shundan so‘ng, xususan, Moskva va Tehron o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanib borayotgani, ularning ko‘plab xalqaro muammolar bo‘yicha pozitsiyalari yaqin yoki mos ekanini qayd etgan.
Joriy yil boshidan buyon Rossiya va Eron prezidentlari ikki marta, oxirgi marta 16 aprel kuni telefon orqali gaplashgan.
Umuman olganda, Raisiy 2021 yilning yozida lavozimga kirishganidan beri u va Putin besh marta yuzma-yuz uchrashgan, xalqaro tadbirlar doirasidagi aloqalar va o‘nlab telefon suhbatlari shular jumlasidan.
LiveBarchasi