Putin Yaponiyadagi elchisini Lavrovga o‘rinbosar qildi
Olam
−
25 noyabr 2022
4670Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mixail Galuzinni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinladi va bir vaqtning o‘zida uni Yaponiyadagi elchi lavozimidan ozod qildi. Davlat rahbarining tegishli qarorlari bugun, 25 noyabr kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
“Galuzin Mixail Yurevich Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlansin”, deyiladi hujjatda.
Ikkinchi farmonga ko‘ra, Galuzin Rossiyaning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasidan ozod etilgan.
Galuzin 1960 yilda tug‘ilgan. 2014 yilda Favqulodda va muxtor elchi maqomini olgan.
U 1983 yilda Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari institutini tamomlagan. Yapon va ingliz tillarida gaplasha oladi. 1983 yildan diplomatik faoliyatini olib bormoqda.
1983-1986 yillarda – SSSRning Yaponiyadagi elchixonasi xodimi bo‘lgan.
1992-1997 yillarda Rossiyaning Yaponiyadagi elchixonasida ishlagan.
1999-2001 yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Ikkinchi Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
2001 yildan 2008 yilgacha Rossiyaning Yaponiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida ishlagan.
2008-2010 yillarda – Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi departamenti direktori.
2010 yil fevralidan 2012 yil oktyabrigacha – Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Uchinchi Osiyo departamenti direktori.
2012 yil 11 oktyabrdan 2018 yil 29 yanvargacha – Rossiya Federatsiyasining Indoneziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi.
2012 yil 16 oktyabrdan 2018 yil 29 yanvargacha – bir vaqtning o‘zida Rossiya Federatsiyasining Kiribatidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2012 yil 25 oktyabrdan 2018 yil 29 yanvargacha – bir vaqtning o‘zida Rossiya Federatsiyasining Sharqiy Timordagi favqulodda va muxtor elchisi.
2012 yil 25 oktyabrdan 2017 yil 7 avgustgacha – bir vaqtning o‘zida Rossiya Federatsiyasining ASEAN’dagi doimiy vakili.
2013 yil 15 martdan 2018 yil 29 yanvargacha – bir vaqtning o‘zida Rossiya Federatsiyasining Papua-Yangi Gvineyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2018 yil 29 yanvardan – Rossiya Federatsiyasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
LiveBarchasi