Putin yana sodiq inisi Lukashenko bilan gaplashib oldi
Olam
−
27 dekabr 2022 4187 2 daqiqa
Bugun, 27 dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi MDH sammiti doirasida Rossiya muzeyida Rossiya va Belarus hukmdorlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Putinning eslatishicha, Hamdo‘stlik mamlakatlari rahbarlari kecha, 26 dekabr kuni norasmiy muhitda muloqot qila boshlagan.
“Bu, jumladan, jiddiy masalalar, ikki tomonlama munosabatlarimiz yuzasidan suhbatlashish uchun qulay muhit. Biz doimo aloqadamiz, ammo har kuni hayot bizga ba’zi muammolarni muhokama qilish va ularni samarali hal etish uchun zarur qarorlar qabul qilish uchun asos beradi”, deydi Putin.
Putin paytda foydalanib, yana rus tilini ommalashtirish istagiga to‘xtaldi.
“Biz 2023 yilni Rus tili yili sifatida nishonlashga kelishib oldik, shuning uchun bugun Rossiya muzeyida ishchi nonushta qilish uchun uchrashuv juda ma’qul bo‘lganga o‘xshaydi”, deydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, har ikki davlat hukumatlari “juda qattiq” ishlamoqda.
“Hukumat rahbari sizga hisobot berganini bilaman, Mixail Vladimirovich Mishustin menga aloqalar haqida batafsil gapirib berdi. Bizda gaplashadigan narsa bor, shuning uchun norasmiy uchrashuvimiz chog‘ida ikkalamiz yana uchrashib, o‘zaro manfaatli bo‘lgan narsalarni muhokama qilishimizdan juda xursandman”, deya xulosa qildi Putin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 dekabr kuni MDH mamlakatlari rahbarlari Mixaylov muzeyi eksponatlari bilan tanishdi. Shundan so‘ng Prezidentlar muzeyda nonushta qildi.
Ma’lumot uchun, Putin va Lukashenko o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv joriy yilning 19 dekabr kuni Minskda bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi