Putin Varshava Rossiya imperiyasiga qarashli ekanini aytdi – RIA Novosti
Olam
−
30 iyul 2023 16774 1 daqiqa
Prezident Vladimir Putin matbuot anjumanida Polshaning Ukrainaga bostirib kirish istagi haqida gapirar ekan, azaldan Varshavaning Rossiya imperiyasiga tegishli bo‘lganini eslatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Ikkinchi Jahon urushidan oldin Lvov ham Polshaning bir qismi bo‘lmagan. Tarixga nazar tashlasak, Yalta konferensiyasidagi muzokaralar chog‘ida, Stalin Lvov Sovet Ittifoqining bir qismi bo‘lishi kerakligini aytganida, Uinston Cherchill unga e’tiroz bildirib, ushbu hudud hech qachon Rossiya imperiyasiga qarashli bo‘lmaganini aytadi. Bunga javoban Stalin: “Ammo Varshava ham Rossiya imperiyasining yeri edi-ku”, deya javob qaytaradi. Shundan so‘ng, Lvov Sovet Ittifoqi tarkibiga kiritiladi va boshqa yaqin hududlar kabi Ukraina tasarrufidan joy oladi”, degan Putin.
Rossiya yetakchisi Polsha kuchlarining Ukraina hududiga kiritilishi g‘arbiy yerlarining ushbu davlat tomonidan egallab olinayotganini anglatishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy yuzdan ortiq “Vagner” askari Belarusni Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan ajratib turuvchi Suvalki yo‘lagiga – Polsha chegarasiga joylashtirilganini aytgandi. Mazkur harakatni u “bo‘lajak gibrid hujumga intilish” deb atagan.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi