Fin politsiyasi izolyatsiyadagilar uchun bo‘sh ko‘chalarda “Seni sevaman, hayot“ qo‘shig‘ini kuyladi
Olam
−
19 aprel 2020
3433Finlyandiyaning Oulu shahri politsiyasi tarmoqqa xodim Petrus Shroderusning “Seni sevaman, hayot!“ qo‘shig‘ini kuylagan videoni yukladi. Video joriy yilning 17 aprel kuni politsiyaning YouTube kanalida joylashtirilgan va ikki kun ichida 640 ming marta ko‘rilgan.
Ta’kidlanishicha, oldin opera xonandasi bo‘lgan Shroderus ushbu qo‘shiqni izolyatsiyadagilarni qo‘llab-quvvatlash uchun kuylagan. Videoning tavsifida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari fuqarolarni o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga rioya qilishga va keraksiz aloqalardan qochishga chaqirgan.
Politsiya ushbu jo‘shqin qo‘shiq vatandoshlariga izolyatsiya tushkunliklarini yengishda yordam beradi deb umid qilmoqda. Huquqni muhofaza qilish xodimlari finlarga uyda bo‘lishlarini va ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilishni maslahat berishdi.
Ma’lumot uchun, “Seni sevaman, hayot!“ qo‘shig‘ini 1956 yilda Konstantin Vanshenkin yozgan, musiqa muallifi Eduard Kolmanovskiy hisoblanadi. U Mark Bernes uchun maxsus yozilgan, ammo keyinchalik uni boshqa ko‘plab taniqli qo‘shiqchilar: Iosif Kobzon, Georg Ots, Edita Pexa va boshqalar ijro etishgan. Qo‘shiq fin tiliga 1963 yilda Pauli Salonen tomonidan tarjima qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Finlyandiyada koronavirus bilan bog‘liq 3 681 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 700 nafari sog‘aygan, 90 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 891 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi