Putin Si Szinpin bilan gaplashdi

Olam

image

Bugun, 4 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan videokonferensiya orqali muloqot qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Suhbat avvalida Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ikki davlat o‘rtasidagi “Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” imzolanganiga 25 yil to‘ladi. Ushbu shartnoma Rossiya va Xitoy xalqlarining manfaatlariga xizmat qiladi va kelajakda ham hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradi.

Putin Rossiya va Xitoy birgalikda o‘z suvereniteti, xavfsizligi va mustaqil rivojlanish yo‘lini davom ettirishini aytdi.

U o‘tgan, 2025 yil haqida gapirar ekan, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlarni eslagan. Uning aytishicha, bu tadbirlar Rossiya va Xitoyning birdamligini va tarixiy haqiqatni himoya qilishga tayyor ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi.

Putin Moskva va Pekindagi uchrashuvlar hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim vazifalarni belgilab berganini ta’kidlagan. Hozir ikki mamlakat hukumatlari bu kelishuvlarni amalga oshirish ustida doimiy ishlamoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi ketma-ket uchinchi yil 200 milliard dollardan oshgan. Rossiya Xitoyga eng yirik energiya yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Putin energetika sohasidagi hamkorlikni strategik ahamiyatga ega deb atagan.

Rossiya rahbari xalqaro vaziyat haqida gapirar ekan, u Rossiya va Xitoy tashqi siyosiy hamkorligi dunyodagi hozirgi qaltis vaziyatda muhim omil bo‘lib qolishini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron yetakchilaridan biri kutilmaganda Rossiyaga borgani va Putin bilan uchrashishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing