Putin va Si Isroilni Eronga hujumi uchun qoraladi

Olam

image

Bugun, 19 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin telefon orqali muloqot qildi, unda ikki yetakchi Isroilni Eronga bergan zarbalari uchun qoraladi va bu keskinlikni yumshatish zarurligiga kelishib olishdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga bergan intervyusida har ikki davlat rahbari Isroilning BMT Nizomi va boshqa xalqaro huquq normalarini buzuvchi harakatlarini keskin qoralaganini aytdi.

Bildirilishicha, Moskva ham, Pekin ham hozirgi vaziyatda Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq masalalarni harbiy yo‘l bilan hal qilishning iloji yo‘q, degan fikrda.

“Bu yechimga faqat siyosiy va diplomatik vositalar orqali erishish kerak”, dedi Ushakov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin so‘nggi kunlarda AQSH Prezidenti Donald Tramp, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan aloqada bo‘lgan. Rossiya urushayotgan tomonlar o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini bir necha bor aytib o‘tgan. Hozircha hech kim Rossiyaning taklifini qabul qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Putin bilan telefon orqali gaplashgandi. Putin o‘shanda muvofiqlashtiruvchi vositachi sifatida Rossiya xizmatlarini taklif qilgan, Tramp esa bu taklifni omma oldida rad etmagan, ammo Erondan “shartsiz taslim bo‘lish” talab qilgan edi.

Marjona Murodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing