Putin va Pashinyan Lochin yo‘lagidagi vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
26 aprel 2023
3896Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan telefon orqali Lochin yo‘lagi va Tog‘li Qorabog‘dagi (tan olinmagan) vaziyat bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida Putin va Pashinyan mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga e’tibor qaratgan.
“Lochin yo‘lagidagi vaziyatning hozirgi keskinlashuvi sharoitida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasidagi fundamental kelishuvlarning butun majmuasiga qat’iy rioya qilish muhimligi tasdiqlandi”, deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Rossiya Prezidenti yaqinda nishonlangan 24 aprel – Arman genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan Armaniston xalqi bilan birdamligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Lochin yo‘lagi Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni (tan olinmagan) bog‘lovchi yagona tog‘ yo‘lidir.
LiveBarchasi