Putin va Pashinyan Qorabog‘ masalasini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Ular Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlarning bajarilishini muhokama qilgan. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrda Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi bayonot, shuningdek 2021 yil 11 yanvarda Moskvada bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammit davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Armaniston Hukumati Matbuot xizmati Putin va Pashinyan Ozarbayjon tomonidan harbiy asirlarni qaytarish masalasiga ham to‘xtalib o‘tganini xabar qildi.

“Xususan, harbiy asirlar, garovga olinganlar va hibsga olingan boshqa shaxslarni zudlik bilan qaytarish zarurligi ta’kidlandi”, deb yozgan Armaniston Vazirlar Mahkamasi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabr oyidan Ozarbayjon va Armaniston Rossiya tinchlikparvar kuchlari ishtirokida o‘zaro asirlar almashtirishni boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing