Putin va Lukashenko Ukraina urushini muhokama qildi
Olam
−
11:04 2666 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko kecha, 26 iyun kuni asosiy e’tibor Ukrainadagi urush bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Kreml xabar qildi.
Rossiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Valday qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilingan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS agentligiga muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilmasligi va hech qanday hujjat imzolanmasligini bildirgan.
Uchrashuv Belarus va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar yanada taranglashgan bir paytda bo‘lib o‘tgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, Putin Lukashenkoni Rossiyaga Ukrainadagi urushda yanada faolroq yordam berishga undamoqda. Moskva va Minsk bu da’voni rad etgan. Belarus rasmiylari esa aksincha, keskinlikni Ukraina va G‘arb davlatlari kuchaytirayotganini ta’kidlagan.
Lukashenko 25 iyun kuni Zelenskiy vakillari bilan uchrashganini ma’lum qilib, ularni Belarusni urushga tortishga urinmaslik haqida ogohlantirganini aytgandi. Kreml esa Ukraina Belarus suverenitetiga tahdid solayotganini iddao qilgan. Kreml 22 iyun kuni Putin va Lukashenko Zelenskiyning ushbu bayonotlarini “yaqin kelajakda” muhokama qilishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlari olib borayotgan siyosatni qattiq tanqid qilib, Yevropani boshqa davlatlarning ichki masalalariga aralashganlikda ayblagan edi.
Live
Barchasi