Putin va Lukashenko uchrashuvi – ular ijrosidagi navbatdagi raqs – Kiyev
Olam
−
21 dekabr 2022
7812Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning Minskdagi uchrashuvida Ukraina uchun muhim hech narsa yuz bermadi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Dmitriy Kuleba ma’lum qildi.
“Putin va Lukashenko uchrashuvi ularning ijrosidagi navbatdagi raqsdir. Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yig‘ilishda hech qanday “kritik” qarorlar qabul qilinmagan”, deydi u.
Shu bilan birga, Kulebaning fikricha, Moskva Minskni Rossiya qurolli kuchlari faoliyatiga maksimal darajada yordam berishga ko‘ndirishda davom etmoqda.
“Aslida aytishimiz mumkinki, Belarus harbiy infratuzilmasining bir qator ob’ektlari va umuman harbiy infratuzilmaning ma’lum bir qismi Rossiya Federatsiyasi nazorati ostida va Belarus harbiylari aslida bu jarayonlarga ta’sir qilishdan chetlashtirildi. Ammo bu uchrashuvda dramatik hech narsa sodir bo‘lmadi, biz bilishimizcha, yaqinda Putin va Lukashenko o‘rtasida yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan”, deydi Kiyev rejimi vakili.
Uning qayd etishicha, Belarus va Rossiya Prezidentlari qanday fikrda bo‘lishidan qat’i nazar, Ukraina har qanday vaziyatga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskka tashrif buyurib, Aleksandr Lukashenko bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi. Shu bilan birga, muzokaralarning ochiq qismida Ukrainadagi mojaro mavzusi deyarli yangramadi.
LiveBarchasi