Putin va Lukashenko muzokaralarni boshladi
Olam
−
14 Sentabr 2020
5132Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida Sochida muzokaralar start oldi. Bu haqda Rossiya rahbarining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Lukashenko bugun, 14 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 11:00 da Sochiga yetib borgan. Bu Belarus Prezidentining 9 avgustdagi saylovlardan keyingi birinchi chet el safari.
Sochidagi muzokaralarda Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama qilinmoqda. Savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hech qanday hujjat imzolanmaydi. Prezidentlar muzokaralari yakkama-yakka tartibda o‘tkazilmoqda.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi