Putin va Baydenning odamlari bir kunda Kambodjaga boradi
Olam
−
29 iyul 2022
9037Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken joriy yilning 2-12 avgust kunlari Kongo Demokratik Respublikasi, Kambodja, Ruanda, Filippin va Janubiy Afrikaga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays tomonidan bugun, 29 iyul kuni tarqatilgan yozma bayonota keltirilgan.
Qayd etilishicha, Blinken safari davomida mamlakatlarning rasmiylari bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilishi mumkin.
Shuningdek, Davlat kotibi 3-5 avgust kunlari Pnompen shahrida (Kambodja) bo‘lib o‘tadigan AQSH-ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi), Sharqiy Osiyo sammiti formatlaridagi Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham 4-5 avgust kunlari Pnompenda bo‘ladi. Rossiya Davlat departamenti ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy uchrashuvlar haqida xabar bermayapti.
Uchrashuvlarda Blinken Ukraina, Myanma, pandemiya, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiy hamkorlik bilan bog‘liq masalalarni ko‘tarish niyatida. Shuningdek, u Kambodja Bosh vaziri Xun Sen va Tashqi ishlar vaziri Prak Sokxon bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Keyin, 6 avgust kuni Davlat departamenti rahbari Manilaga (Filippin) jo‘nab ketadi va Respublika Prezidenti Ferdinand Markos hamda Tashqi ishlar vaziri kichik Enrike Manalo bilan uchrashadi.
“Ular AQSH-Filippin ittifoqini mustahkamlash, shu jumladan energetika, savdo va investitsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish, umumiy demokratik qadriyatlarni ilgari surish, pandemiyadan qutulish orqali ikki tomonlama sa’y-harakatlarni muhokama qilish niyatida”, deydi Prays.
LiveBarchasi