Putin va Aliyev Qorabog‘dagi Rossiya-Turkiya markazini muhokama qildi
Olam
−
30 yanvar 2021
6495Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatlar rahbarlari 30 yanvarda ochilgan Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro zonasida o‘t ochish va barcha harbiy operatsiyalarni nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma Rossiya-Turkiya markazining ish boshlanishini mamnuniyat bilan kutib olgan.
“Markaz faoliyati Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni yanada barqarorlashtirishga yordam beradi degan umid bildirildi”, deyiladi xabarda.
Qorabog‘dagi harbiy mojarodan keyin Armaniston va Ozarbayjon Rossiyaning vositachiligi bilan 2020 yil 9 noyabrida sulh shartnomasini imzoladi. Yerevan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi bufer zonasi hududlarini Bakuga topshirishni o‘z zimmasiga oldi. Vazitni nazorat qilish uchun mintaqaga 2000 ga yaqin rus tinchlikparvar kuchlari jalb qilingan.
LiveBarchasi