Putin O‘zbekistonda tug‘ilgan marhum jurnalistni taqdirladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 24” telekanalining Zaporoje viloyatida halok bo‘lgan harbiy muxbiri Boris Maqsudovni vafotidan keyin “Jasorat” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni rasmiy portalda e’lon qilindi

“Umumrossiya davlat televideniyesi va radioeshittirish” davlat unitar korxonasining “Rossiya 24” axborot kanali muxbiri Maqsudov Boris Baxtiyorovich kasbiy burchini bajarishda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun “Jasorat” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi farmonda.

Ma’lumot uchun, Boris Maqsudov Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotni Sochi davlat universitetining rus va chet el adabiyoti bo‘yicha ijtimoiy-pedagogika fakultetida olgan.  U 15 yoshida oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan. Faoliyati davomida jurnalistikani tanlab, onasi va bobosining izidan borgan. 

Maqsudov bir necha yildan buyon “Rossiya 24” telekanali muxbiri sifatida Zaporoje viloyatida (Ukraina) urush hududidagi harbiy amaliyotlarning borishi haqidagi reportajni suratga olish, tayyorlash va efirga uzatish bilan shug‘ullanib kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Boris Maqsudov Ukraina droni hujumidan jarohat olib, 22 noyabr kuni Zaporoje viloyatida vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Putin Boris Maqsudov Rossiya 24 Jasorat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing