Putin o‘z davlatini yo‘q qilmoqda – Germaniya TIV rahbari

Olam

image

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z davlatini yo‘q qilayotgani, rus propagandasida esa yoriqlar paydo bo‘layotganinini aytdi. Bu haqda u Lyuksemburgda YeIga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi oldidan jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Putin o‘z mamlakatini vayron qilmoqda. Biz Rossiya (Ukraina bilan) va Putin hokimiyat tizimi o‘rtasidagi mojaroning halokatli oqibatlariga guvoh bo‘lmoqdamiz”, degan Burbok.

Vazirning ta’kidlashicha, gap Rossiyada hokimiyat uchun ichki siyosiy kurash haqida ketmoqda va Berlin bunga aralashmaydi.

Shuningdek, Berbok Germaniya voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borayotganini qo‘shimcha qilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, YeI uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish muhim, shu munosabat bilan Kiyevga mudofaa yordami 3,5 milliard yevroga oshiriladi.

“Biz Germaniya tomonidan yil oxirigacha qo‘shimcha 45 ta Leopard o‘ziyurar zenit qurilmalarini taqdim etamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Berbok.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini so‘ragan va Moskvagacha borishini bildirdi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli kuchlar harakatini to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Putin Annalena Berbok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing