Putin “o‘ta mushkul ahvolda” qoldi – Bayden
Olam
−
20 Oktabr 2022
18516Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “o‘ta mushkul ahvolda” qolgan va shu uchun Ukraina fuqarolariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lyapti. AQSH Prezdenti Jo Bayden kecha, 19 oktyabr kuni Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berib aytib o‘tdi.
“Menimcha, Vladimir Putin nihoyatda qiyin ahvolda qoldi va bu, menimcha, uning yagona mavjud vositasi – Ukrainaning alohida fuqarolariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, ularni qo‘rqitish va taslim bo‘lishga undashdir”, degan Bayden.
Bu AQSH Prezidentining Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harakatlariga birinchi bahosi emas. Mart oyida Jo Bayden Vladimir Putinni Ukrainadagi operatsiya tufayli “harbiy jinoyatchi”, shuningdek, “o‘limga olib keladigan diktator va bandit” deb atagan edi.
LiveBarchasi