Putin urushni 2023 yilda ham davom ettirmoqchi – ISW

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin to‘xtamaydi va Ukrainaning avval okkupatsiya qilingan hududlarni nazoratda saqlab qolish uchun harbiy harakatlarni davom ettirishga harakat qiladi. Shu orqali G‘arb Ukrainani qo‘llashdan charchashi uchun sharoit yaratishga urinadi. Amerikaning Urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari shunday xulosaga keldi.

Mutaxassislar fikricha, Putin NATO bilan bevosita harbiy to‘qnashuvga intilmaydi. U Ukrainaga G‘arb yordamini to‘xtatish uchun alyansga ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llashiga shama qilishi mumkin.

“Birinchidan, Putin samarali harbiy kuchlarni tiklash bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish o‘rniga, yomon tayyorgarlikdan o‘tgan rus qo‘shinlarini yaqin kelajakda Ukrainadagi janglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlashni davom ettirish shartini qo‘ymoqda. Ikkinchidan, Putinning g‘alaba nazariyasi Yevropaning irodasini sindirish uchun qattiq qishdan foydalanishga asoslangan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, rus diktatori 4-6 oylik tayyorgarlikdan so‘ng harbiy xizmatga chaqirilgan rossiyalik yoshlardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Shu tariqa, u bahorda havo iligandan so‘ng rus qo‘shinlarining hujum amaliyotlarini qayta boshlashi uchun sharoit yarata oladi.

Institut tahlilchilari, shuningdek, Rossiyadagi so‘nggi qisman safarbarlik Putin to‘xtashni rejalashtirmayotganidan va 2023 yilda kurashni davom ettirishidan dalolat berishini ta’kidlagan. U o‘t ochishni to‘xtatish yoki urushni o‘z shartlariga ko‘ra tugatishi mumkin bo‘lgan eskalatsiyaga ishonmaydi.

ISW Rossiya Federatsiyasi Prezidenti armiyaga chaqirilganlarni bahorda Ukrainaga jo‘natish yoki boshqa harakatlarga murojaat qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun qishning yevropaliklar erkinligiga ta’sirini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing