Putin Ukrainani Kurskdagi AESga hujum qilishga urinishda aybladi
Olam
−
22 avgust
5940Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainani Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga uringanlikda aybladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Dushman bugun tunda AESga zarba bermoqchi bo‘ldi”, deya Putinning Ukraina Qurolli kuchlarining bugun, 22 avgust kuni Kursk viloyatidagi hujum operatsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
Putin o‘z ayblovlari uchun hech qanday dalil keltirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (MAGATE) xabardor qilgan, uning mutaxassislari vaziyatni baholash uchun joyiga kelishi kerak.
Bir necha soat avval Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatida davom etayotgan harbiy amaliyoti fonida mamlakatning bir qancha shaharlarida o‘qqa tutilishidan temir-beton boshpanalar o‘rnatish boshlanganini ma’lum qilgandi.
MAGATE rahbari keyingi hafta Kursk AESiga boradi
MAGATE bosh direktori Rafael Grossi “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida kelasi hafta Moskva taklifiga binoan Kursk atom elektr stansiyasiga borishini ma’lum qildi.
MAGATE direktorining so‘zlariga ko‘ra, u Kursk viloyatidagi harbiy harakatlar paytida atom elektr stansiyasiga zarar yetkazilishi xavfini jiddiy qabul qiladi, chunki stansiya “Ukraina artilleriyasi zarba bera oladigan masofada” joylashgan.
Tashrif davomida Grossi atom elektr stansiyasi rahbariyati bilan gaplashib, agar AES hujum nishoniga aylangan bo‘lsa, bu bo‘yicha tegishli dalillarni to‘plash niyatida. Shuningdek, u tashqi elektr ta’minoti va AESga kirish yo‘llarining holatini baholashni rejalashtirmoqda.
Kursk AES – Rossiyadagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri. U to‘rtta energiya blokidan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi Ukraina Qurolli kuchlarining mintaqadagi faol harakatlari fonida ishlashda davom etmoqda.
LiveBarchasi