Putin Ukrainada Rossiyaning qancha fuqarosi jang qilayotganini ochiqladi

Olam

image

Ukrainaga qarshi urushda qariyb 700 ming rossiyalik harbiy xizmatchi qatnashmoqda. Bu haqda Vladimir Putin kecha, 14 iyun kuni “Qahramonlar vaqti” dasturi ishtirokchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Prezidenti jangovar zonada 617 ming harbiy xizmatchi bo‘lganini aytgandi. Aprel oyida Mudofaa vazirligi yil boshidan buyon 100 mingdan ortiq kishi shartnoma asosida harbiy xizmatga kirganini e’lon qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yanvar oyida Ukraina armiyasi xizmatchilari 880 ming kishini tashkil etishini aytgan bo‘lsa, bir oy avval Qurolli kuchlarda 600 mingga yaqin odam jang qilayotganini bildirildi.

Dekabr oyida Rossiya Qurolli kuchlarining soni 2 209 130 kishiga, shu jumladan 1 320 000 harbiy xizmatchiga ko‘tarildi. Mudofaa vazirligi qurolli kuchlarning maksimal quvvati 170 ming kishiga oshirilganini ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirish shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan fuqarolar hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

O‘tgan yilning iyun oyida Putin sudlangan fuqarolarni shartnoma asosida frontga jalb qilishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Shartnoma bo‘yicha xizmatga faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar, shu jumladan terrorizm va davlatga xiyonat sodir etganlikda ayblangan shaxslar qabul qilinishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing