Putin Ukraina bilan muzokaralarni Minskda o‘tkazishni taklif qildi
Olam
−
29 iyun 5005 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan ehtimoliy muzokaralarni Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazish mumkinligini bildirdi. Bu haqda Rossiya yetakchisi Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi (VGTRK) muxbiri Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, agar tomonlar muzokaralar bosqichiga yetib kelsa, bu borada Belarus imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Rossiya yetakchisining eslatishicha, 2022 yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar ham aynan Minskda boshlangan. Shuningdek, u Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bahsli masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirganini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 4 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinga ochiq maktub yo‘llab, mojaroni hal etish yuzasidan muzokaralarni uchinchi davlat — Shveysariya, Turkiya yoki arab mamlakatlaridan birida o‘tkazishni taklif qilgan edi. Zelenskiy Moskvada muzokara o‘tkazishdan bosh tortgan, Putin esa hozircha Ukraina Prezidenti bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazish uchun asos ko‘rmayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin va Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko 26 iyun kuni asosiy e’tibor Ukrainadagi urush bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan muzokara o‘tkazgandi.
Live
Barchasi