Putin To‘qayev bilan dasturxon ustida gaplashdi

Olam

image

Kecha, 11 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv boshida Vladimir Putin To‘qayevga tashrifi uchun minnatdorlik bildirgan va ikki davlat o‘rtasidagi doimiy ishchi aloqalar bilan bir qatorda ramsiy uchrashuvlarning ham muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

“Bugun biz norasmiy muhitda o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilish imkoniga egamiz. Ertaga esa hamkasblar bilan birgalikda ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqamiz va hamkorlik istiqbollarini belgilaymiz,”, degan Putin. 

O‘z navbatida, Qosim-Jomart To‘qayev ham samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni strategik va ittifoqchilik darajasidagi deb atagan.

“Biz hamkorlik qilmaydigan soha deyarli yo‘q. Davlatlarimiz o‘rtasida jiddiy muammolar mavjud emas, paydo bo‘ladigan masalalar esa ikki mamlakat rahbarlari va hukumatlari sa’y-harakatlari bilan hal etilmoqda”, degan Qozog‘iston rahbari.

To‘qayev, shuningdek, norasmiy muhitda fikr almashish va Rossiya rahbari bilan kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashish imkonidan xursandligini bildirgan.

Uchrashuv yakunida Vladimir Putin suhbatni norasmiy tarzda davom ettirishga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tashrif 2 kunga (11-12 noyabr) rejalashtirilgan. Favqulodda taklif Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing