Putin Trampning Kurskdagi ukrainaliklar bo‘yicha iltimosiga javob qaytardi (video)
Olam
−
14 mart
18816Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti Donald Trampning Kursk viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlari guruhini afv etish haqidagi iltimosiga javob qaytardi. Bu haqda u bugun, 14 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan videomuloqotda so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina qo‘shinlari qurollarini tashlasa, ularga hayot va munosib munosabat kafolatlanadi.
“AQSH Prezidenti janob Trampning Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirish zonasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan bloklangan Ukraina armiyasi harbiy xizmatchilarining hayotini saqlab qolish haqidagi bugungi murojaati bilan tanishdik”, degan dastlab Putin.
“Shu munosabat bilan ukrainalik jangarilar bosqin zonasida tinch aholiga qarshi ko‘plab jinoyatlar sodir etganiga e’tibor qaratamiz. Bu harakatlar, avval aytganimdek, Bosh prokuratura tomonidan terrorizm sifatida baholanadi. Shu munosabat bilan shuni ta’kidlaymanki, ular qurollarni topshirib, asirga tushgan taqdirda, ularning hayoti va munosabat kafolatlanadi”, deya eslatgan Putin.
Putinning ma’lum qilishicha, AQSH Prezidentining chaqirig‘ini samarali amalga oshirish uchun Ukraina harbiy-siyosiy rahbariyatining o‘z harbiy bo‘linmalariga qurollarni tashlab, asirga tushish to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘i zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi