Putin topshirig‘i: O‘zbekiston va Rossiya hisob-kitoblarda rublga o‘tishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechib, rublga o‘tishi mumkin.  Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Joriy yilning 16 noyabr kuni Rossiya banki ilk marta O‘zbekiston Milliy banki obligatsiyalarining rubldagi emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Obligatsiyalarning umumiy qiymati 15 mlrd rublga teng”, deydi Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Reshetnikov.

Qayd etilishicha, endi qimmatli qog‘ozlar bozorda sotiladi, shundan so‘ng obligatsiyalar birjaga joylashtirilishi mumkin. 

“Bu O‘zbekistonga katta mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi. Shuningdek, mamlakat Rossiya tovarlarini xarid qilishda ham foydalanishi mumkin. Hamkorlar uchun foyda tarafi – pulni dollarga aylantirishning hojati yo‘q, chunki barcha hisob-kitoblar rublda amalga oshiriladi”, degan vazir.

Ta’kidlanishicha, rubldagi hisob-kitoblarni kengaytirish shaxsan Putinning topshirig‘i bo‘lgan.

Ikki davlatning o‘zaro hisob-kitoblarda rublga o‘tishi haqida O‘zbekiston tomonidan hech qanday rasmiy ma’lumot berilmadi. Biroq iqtisodchi Otabek Bakirov bunday tartib O‘zbekiston uchun foydadan ko‘ra, zarar bo‘lishini ta’kidladi.

“Rubldagi hisob-kitoblar qo‘shnilariga doimiy tahdidda bo‘lgan ehtimoliy agressor bilan salbiy saldo hajmini yanada ko‘paytiradi. Yana bu bizning qarzimiz oshishi hisobiga ro‘y beradi”, degan iqtisodchi Otabek Bakirov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing