Putin ta’tilda ham “yadroviy jamadon”ni o‘zi bilan olib yuradimi? Peskov javob berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, 21 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va mamlakat Mudofaa vaziri Sergey Shoygu dam olish kunlarini Sibir taygasida o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Putin dam olishga ketganda ham qimmatli "yadroviy jamadon"ni o‘zi bilan olib yuradimi? Jurnalistlar bu savolning javobini olish uchun Prezidentning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga murojaat qildi.

U yadro qurolini boshqarish aloqa vositalari har doim, hatto ta’tilda ham Putin bilan bo‘lishini aytib o‘tdi.

“Barcha kerakli aloqa vositalari, shu jumladan strategik muhim bo‘lganlari ham, Prezident qayerda bo‘lishidan qatiy nazar, xoh u Rossiya Federatsiyasi hududida yoki dunyoning boshqa davlatida bo‘lsin doimo birga bo‘ladi”, deydi Peskov.

Rossiya Mudofaa vaziri Shoyguda ham xuddi shunday aloqa vositasi bormidi deb so‘ralganda, “Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Albatta bor”, deya javob berdi Prezident Matbuot kotibi. 

AQSH Prezidentining so‘nggi bayonotlari fonida Sibirga sayohat qoldirilishi kerakmasmidi deb so‘ralganda, “Kechiktirish uchun hech qanday sabab yo‘q edi”, deb javob berdi u.

Eslatib o‘tamiz, Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya AQSHdagi 2016 yilgi saylovlarga aralashishga uringani uchun Putin javob berishini hamda uni “qotil” deb bilishini ma’lum qilgandi.

Bunga javoban Rossiya rahbari Baydenga sog‘lik tilab, unga jonli efirda munozara uyushtirishni taklif qilgan. Oq uy esa Jo Baydenning yetarlicha band ekani va Vladimir Putin bilan gaplasha olmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

635

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing