Putin Stalinni ham ortda qoldirishga qaror qildi – “Reuters”

Olam

image

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qaror qildi. Bu uning hokimiyatda kamida 2030 yilgacha qolishiga yordam beradi. Bu haqda "Reuters" insayderlariga tayanib xabar berdi.

Kreml yangiliklari bilan tanish bo‘lgan boshqa manba ham Putinning nomzodi saylovda ishtirok etishi yuzasidan qaror qabul qilingani va uning maslahatchilari saylovga hozirlik ko‘rayotganini tasdiqlagan. 

"Qaror qabul qilindi. Putin endilikda yangi yilda bo‘lib o‘tadigan saylov uchun o‘z nomzodini qo‘yadi", deb yozgan bevosita Rossiyaning yuqori darajali rasmiylari bilan aloqador manbalar.

Ko‘plab diplomatlar, josuslar va amaldorlar Putinning hokimiyatda umrbod qolishini kutishgan bo‘lsa-da, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Prezidentning shaxsan o‘zi bu masala yuzasidan hali izoh bermagan. Kampaniya jarayonlari ham aniq ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot uchun, Putin 1999 yilning so‘nggi kunida Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yelsin tomonidan prezidentlik lavozimini qabul qilib olgach, SSSR rahbari Iosif Stalin davridan beri boshqa Rossiya hukmdorlaridan farqli o‘laroq, ko‘proq vaqt davomida "taxtga o‘tirdi" va hatto Sobiq Ittifoqning boshqa bir rahbari Leonid Brejnevning 18 yillik boshqaruvini ham ortda qoldirdi.

Mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu Rossiyada o‘tkaziladigan saylovlarning sakkizinchisi hisoblanadi va Putin unda oltinchi marta o‘z nomzodini qo‘yadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin saylov Stalin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made