Putin “sodiq ukasi”dan xabar olgani Minskga kelyapti

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 19 dekabr kuni Belarusga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, tashrif Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan amalga oshiriladi. 

“Muzokaralar chog‘ida Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini, shuningdek, Ittifoq doirasidagi integratsiyaviy hamkorlikka e’tibor qaratish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda. 

Minsk tomonining ma’lum qilishicha, 19 dekabr kuni Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Minskka amaliy tashrif bilan boradigan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. 

Lukashenkoning matbuot xizmati qo‘shimcha qilganidek, energetika sohasidagi hamkorlik muzokaralar kun tartibidagi muhim mavzuga aylanadi. Prezidentlar xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratadi, dunyo va mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashadi.

"Muzokaralar dasturi boy bo‘lishi kutilmoqda. Ular keng tarkibdagi suhbatdan boshlanadi.  Unda davlat rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadi", deb yozmoqda Lukashenkoning Matbuot xizmati.  

Qayd etilishicha, ushbu formatda tomonlar Belarus-Rossiya integratsiyasining eng dolzarb muammolarining butun majmuasini batafsil muhokama qiladilar. Shundan so‘ng Lukashenko va Putin yakkama-yakka muzokaralarini davom ettiradi, shundan so‘ng ular bayonot va jurnalistlarning savollariga javob berishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing