Putin Shveysariyada. Rossiya Prezidenti korteji qasrga yo‘l oldi (video)

Olam

image

Xabaringiz bor, yaqin soatlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya va AQSH Prezidentlari o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv bo‘lib o‘tadi. AQSH Prezidenti, allaqachon, Shveysariyaga yetib kelgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samolyoti ham Jeneva aeroportiga qo‘nib ulgurdi. Samolyotdan tushish uchun mo‘ljallangan trap oldida Rossiya rahbarini kortej kutib turardi. Vladimir Putin samolyot qo‘nganidan bir oz o‘tib, undan trap orqali tushib keldi va qora rangli “Aurus” rusumidagi avtomobilga o‘tirdi. 

Davlat rahbari  avtomobilga o‘tirganidan so‘ng, kortej La Granj qasri tomon yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Bayden o‘rtasidagi uchrashuvga butun jahon hamjamiyati ko‘z tikib turibdi, chunki ushbu muzokaralar davomida bir qator global masalalar ham kun tartibiga ko‘tariladi. Jumladan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, mintaqaviy mojarolar hamda global iqlim o‘zgarishi kabi mavzular muhokama doirasida bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing