Putin Sholsga urushning asosliligini tushuntirdi – Kreml
Olam
−
13 may 2022
14152Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqot qilib, Ukrainadagi vaziyatni, jumladan, Moskva va Kiyev delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini yana bir bor muhokama qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbatda Ukrainadagi vaziyatning gumanitar jihatlari muhokama qilingan.
“Vladimir Putin Donbass xalq respublikasini himoya qilish bo‘yicha urushning mantiqiyligi va asosiy vazifalarini batafsil bayon qildi, tinch aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari ishtirokida Ukraina xavfsizlik kuchlari tomonidan “Azovstal” zavodida rus harbiylari tomonidan ushlab turilgan tinch aholi evakuatsiya qilingani ham muhokama qilingan.
“Bundan tashqari, Putin Sholsning e’tiborini natsistlar mafkurasini e’tirof etuvchi jangarilar tomonidan xalqaro gumanitar huquq normalarini qo‘pol ravishda buzish, ularning terrorchilikning g‘ayriinsoniy usullaridan foydalanishga qaratdi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Kreml yetakchisi va Germaniya kansleri Rossiya-Ukraina muzokaralarining holatini muhokama qilgan va unga fundamental baho bergan.
Ma’lum qilinishicha, muloqot nemis tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Uning yakunlariga ko‘ra, Putin va Shols ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha yana muloqotlarni davom ettirishga kelishib olgan.
Rossiya Prezidenti va Germaniya kansleri Ukrainada urush boshlanganidan beri bir necha bor telefon orqali muloqot qilgan va har safar suhbatlarda urush masalasiga e’tibor qaratgan.
LiveBarchasi