Putin Shimoliy Koreyadan o‘q-dori olmoqchi

Olam

image

Rossiya Ukrainaga qarshi urushni kuchaytirish uchun Shimoliy Koreyadan ko‘proq o‘q-dorilar sotib olmoqchi. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda Rossiya Shimoliy Koreyadan o‘q-dorilar olishga urinayotgani haqida ma’lumotlar bor ekanini ochiqlagan. Uning aytishicha, Prezident Vladimir Putin o‘q-dorilar evaziga Pxenyanga oziq-ovqat yuborishi mumkin.

“Biz Shimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainaga qarshi “harbiy amaliyot”larini qo‘llab-quvvatlashidan xavotirdamiz va Rossiya Shimoliy Koreyadan qo‘shimcha o‘q-dorilar olishga faol intilayotgani haqida yangi ma’lumotlarga egamiz”, degan Jon Kirbi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya Ukrainaning janubi va sharqida ketayotgan shiddatli janglarda o‘z o‘q-dori zaxirasini tugatmoqda. Donbasdagi Baxmut shahri uchun olib borilgan jang Rossiyaning oldinga siljishini sekinlashtirgan, bu esa harbiylardan keyingi hududlarga yetib borish uchun ko‘proq o‘q-dori va artilleriyani sarflashni talab qilgan. Kirbiga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning yordami Moskva kuchlariga Ukrainaning bahorda kutilayotgan hujumi oldidan zaxiralarini to‘ldirishga yordam beradi.

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuvga slovakiyalik qurol sotuvchisi Ashot Mkrtichev vositachilik qilgan. AQSH ma’muriyati esa kecha, 30 mart kuni unga sanksiya kiritgan.

“Ushbu shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan qurol-yarog‘ bitimi kabi sxemalar Putinning Eron va KXDR kabi so‘nggi chora yetkazib beruvchilarga murojaat qilayotganini ko‘rsatmoqda”, degan AQSH G‘aznachilik vaziri Janet Yellen.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Shimoliy Koreya Putin Ukraina o'q-dori Pxen'yan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing