Putin Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirini qabul qildi (video)
Olam
−
05 noyabr
3312Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 4 noyabr kuni Kremlda Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Soy Son Xini qabul qildi. Bu haqda Kreml mat(video)buot xizmati xabar berdi.
Kreml tomonidan e’lon qilingan uchrashuvdan olingan videotasvirda Soy Son Xi Prezidentga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirayotgani va unga Kim Chen Inning samimiy, do‘stona salomlarini yetkazayotgani aks etgan.
“Rossiyada bugun bayram va uni do‘stlar bilan kutib olish juda yaxshi an’ana", degan Rossiya rahbari.
Shimoliy Koreya vaziri 30 oktyabr kuni Moskvaga borgan va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgan. Shuningdek, u Kim Chen Inning Rossiya armiyasiga yordam berish bo‘yicha ko‘rsatmasini e’lon qilgan.
“Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri hurmatli o‘rtoq davlat ishlari raisi Kim Chen In bizga hech kimga qaramasdan, Rossiya armiyasi va rus xalqiga muqaddas urushlarida doimo qo‘llab-quvvatlashimiz va yordam berishimiz haqida ko‘rsatma berdi. G‘alaba kunigacha biz har doim rus hamrohlarimiz yonida qat’iy turamiz", degan u.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tgan KXDRning birinchi harbiy qismlari Kursk viloyatiga yetib kelgandi. Keyinchalik Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Shimoliy Koreya qo‘shinlari o‘z mamlakatiga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natilayotgani haqidagi xabarlar fonida G‘arbdagi hamkorlarining passivligini tanqid qildi. Rossiya esa KXDRni qo‘llab-quvvatlagani uchun kompensatsiya sifatida katta miqdorda guruch yetkazib berishi haqida xabar berildi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi