Putin safarbarlikdan qochganlarga qanday chora ko‘rilishini aytdi

Olam

image

Rossiyada safarbarlik e’lon qilingandan keyin xorijga ketayotgan rossiyaliklarning xarakatiga hissiyot bilan emas, balki huquqiy baho beriladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.

“Men hissiy emas, balki huquqiy baho berishni afzal ko‘raman. Har bir aniq holatda muayyan fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi”, deydi Prezident jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kimlardir qo‘rquv tufayli, boshqalari safarbarlikdan qochish uchun, yana kimdir boshqa sabablarga ko‘ra ketgan, ammo har bir alohida vaziyatda u yoki bu fuqaroga nisbatan qonun doirasida harakat qilinishi zarur.

Putin boshqacha harakat qilish mumkin emasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, davlat rahbari ayni paytda bo‘linmalarda 33 mingga yaqin fuqaro safarbar qilinganini, 16 ming nafari esa jangovar topshiriqlarni bajarayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Safarbarlik tadbirlari” ikki hafta ichida yakunlanishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun,  21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ixtisosligi bo‘yicha rezervga chaqiriladi. Oktyabr oyining boshidagi holatga ko‘ra safarbarlik doirasida 200 mingdan ortiq kishi armiyaga chaqirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1028

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing