Putin Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berish ehtimoli haqida gapirdi

Olam

image

Rossiyaga Ukraina hududiga yadroviy zarba berish kerak emas, bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Valday” munozara klubi yig‘ilishi yalpi majlisda aytib o‘tdi.

“Biz buni qilishimiz shart emas. Bizda buning uchun na siyosiy, na harbiy maqsad yo‘q”, deydi davlat rahbari.

Putin Ukraina tomonidan “iflos bomba” yordamida sodir etilishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalar haqidagi ma’lumotga shunday izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari ushbu qurol qayerda yaratilayotganini “taxminan ham biladi”. Prezident Ukrainada “iflos bomba” ishlab chiqarish texnologiyasi borligini qo‘shimcha qildi.

Putin dunyoda yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatga qarshi yadro qurolini qo‘llagan yagona davlat AQSH ekanligini eslatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda harbiy mantiqlilik bo‘lmagan. Rossiya rahbari qaysi holatda mamlakat bunday qurollardan foydalanishi mumkinligini tushunish uchun RFning yadroviy doktrinasi bilan tanishib chiqishni maslahat bergan.

Joriy yilning 26 oktyabr kuni MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida Putin Ukraina hududi harbiy biologik tajribalar o‘tkazish uchun poligonga aylantirilganini iddao qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 sentyabr kuni Putin Rossiya xalqiga yo‘llagan murojaatida mamlakat fuqarolarini yadro qurolini qo‘llab bo‘lsa ham himoya qilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

486

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing