Putin Rossiyaning navbatdagi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tganini e’lon qildi
Olam
−
14 Oktabr 2020
9700Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi ikkinchi mahalliy vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazilgani va tez orada uchinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilishini e’lon qildi.
"Men Novosibirskdagi “Vektor” markazi bugun koronavirusga qarshi “EpiVakCoron” nomli ikkinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida yoqimli yangilikni yetkazmoqchiman", deydi davlat rahbari Hukumat a’zolari bilan o‘tgan yig‘ilishda.
"Bilishimcha, bizda Rossiya Fanlar akademiyasining Chumakov nomidagi markazi uchinchi vaksinasini tayyorlamoqda", deydi Putin.
Prezident koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ishlab chiqarishni va ularni mamlakat ichida etkazib berishni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
"Biz hozir birinchi vaksinamizni va shu qatorda ikkinchisini ham ishlab chiqarishni ko‘paytirishimiz kerak. Va, albatta, birinchi navbatda Rossiya bozorini ushbu dorilar bilan ta’minlashimiz kerak: ular Rossiyaning dorixona tarmog‘iga kirishi kerak", deydi Putin.
Joriy yilning iyul kuni Vektor markazi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan ko‘ngillilar uchun vaksinalarning klinik sinovlarini o‘tkazish uchun ruxsat oldi. 30 sentyabrda vaksina rasmiy ravishda patent oldi. "Vektor" vaksinasi uning tarkibida virus parchalari –sintetik peptid antigenlari borligi bilan ajralib turadi. Vaksina asosan koronavirusga qarshi immunitetni paydo qiladi va immunitetning rivojlanishiga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Rossiyaning birinchi koronavirus vaksinasi – “Sputnik V” ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.
LiveBarchasi