Putin Rossiyani chetlab Yevropaga neft sotmoqchi bo‘lgan To‘qayev bilan gaplashib oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Kreml Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlash niyatlarini tasdiqlagan.

“17 iyun kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Qozog‘iston oliy darajadagi muzokaralari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va energetika sohalarida aniq loyihalarni izchil amalga oshirish niyati tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Qozog‘iston tomoni bergan bayonotga ko‘ra, muloqot chog‘ida To‘qayev va Putin ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holatidan mamnun ekanini bildirgan.

“Qozog‘iston Prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, transport va logistika aloqalarining dolzarb muammolarini hal etish bo‘yicha hukumatlarning tezkor hamkorligiga ijobiy baho berdi”, deyiladi Oqo‘rda xabarida.

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev Rossiyani chetlab o‘tib, Kaspiy dengizdan Yevropaga o‘tadigan neft tranziti tashkil etishga ko‘rsatma bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

858

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing