Putin rossiyaliklarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni buyurdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan 380 nafar mamlakat fuqarosini Afg‘onistondan evakuatsiya qiladi. RF Prezidenti Vladimir Putin shunday ko‘rsatma bergan.

“Hozir uchta Il-76 harbiy-transport samolyoti Qobulga insonparvarlik yordamini yetkazgan va endi evakuatsiya qilinadiganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlangan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya Il-76 harbiy-transport samolyotlarida 108 tonna yordam yukini Afg‘onistonga yetkazgan.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing