Putin rossiyalik bokschi qizni tabrikladi

Sport

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin boks bo‘yicha Rossiya milliy terma jamoa a’zosi Anastasiya Demurchyanni 15-26 mart kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Tabrik Prezident rasmiy saytida e’lon qilindi.

“Sizni yorqin g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yetakchilik fazilatingizni, mahorat va irodangizni namoyon etdingiz, kuchli va tajribali raqiblarni mag‘lub etdingiz, g‘alabangiz bilan milliy boks maktabining mustahkam, ishonchli pozitsiyasini ko‘rsatdingiz. Sizga yangi muvaffaqiyat va eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, deyiladi Rossiya Prezidenti tabrigida.

Hindistonda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi: Demurchyan 70 kg vazn toifasida chempion bo‘ldi; Nataliya Sichugova 63 kg vaznda kumush medal sohibiga aylandi; 81 kgda Diana Pyatakga bronza medali nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidova ham ayollar mundialida sovrindor bo‘ldi. Hamidova musobaqaning chorak finalida jazoirlik Imane Halifga qarshi ringga chiqib imkoniyatni boy bergandi, lekin keyinchalik genetik tekshiruv Imane Halifning erkak kishi ekanligini aniqladi va natijada Hamidovaga turnirning bronza medali topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Navbahor Hamidova Anastasiya Demurchyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing