Putin Rossiyaga do‘st bo‘lmagan davlatlarga qarshi hujjat imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ayrim xorijiy davlatlarning nodo‘stona harakatlariga qarshi iqtisodiy choralar ko‘rish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan.

Farmon bilan Rossiyaning javob sanksiyalariga duchor bo‘lgan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga bitimlar tuzish va majburiyatlarni bajarish, shuningdek bunday shaxslar foydasiga xomashyo hamda mahsulotlarni mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi.

Qayd etilishicha, hukumatga o‘n kun  muddatda tegishli ro‘yxatni tuzish topshirilgan. 

Hujjat e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar bekor qilinmaguncha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi Rossiyaga, uning kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlar va hududlar ro‘yxatini tasdiqlagan edi. 

Ro‘yxatga AQSH va Kanada, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya (jumladan, Jersi, Angilya, Britaniya Virjiniya orollari, Gibraltar), Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya, Albaniya, Andorra, Islandiya, Lixtenshteyn, Monako, Norvegiya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya, Singapur va Tayvan kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

875

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing