Putin o‘ziga qarshi namoyishlarga munosabat bildirdi

Olam

image

Mas’uliyatli siyosatchilar qonunni buzadigan va jamiyat hamda davlatni chalg‘itadigan usullarga murojaat qilmasliklari kerak, deydi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin talabalar bilan videokonferensiyada. Prezident shu bilan mamlakatning ko‘plab viloyat va shaharlarida ro‘y bergan so‘nggi notinchliklar masalasiga izoh berdi.

Talabalardan biri Putinga “so‘nggi paytlarda bir qator viloyatlar va mamlakatning ayrim shaharlarida yuz bergan tartibsizliklar hamda yoshlarning ushbu masalaga ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lgan e’tiborlari haqidagi ma’lumotlar oqimi, hatto bundan manfaatdor bo‘lmagan odamlarni ham e’tiborsiz qoldirmaydi”, dedi. Va bularga izoh berishni so‘radi.

Bunga javoban, Prezident 1917 va 1990 yillardagi voqealarni misol sifatida keltirdi.

“Siyosat bu tarzda amalga oshirilmaydi, hech bo‘lmaganda mas’uliyatli bo‘ladi”, deya xulosa qildi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya-1” telekanalidagi “Moskva. Kreml. Putin” dasturi uchun bergan intervyusida Rossiyada bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlariga munosabat bildirgandi.

Shuningdek, Vladimir Putin Aleksey Navalniyning “Putin uchun saroy” filmiga munosabat bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

952

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing