Putin Rossiya gaz quvurlarini kim portlatganini aytdi

Olam

image

Bugun, 30 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bosib olingan Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi nutqida “anglo-sakslar”ni “Shimoliy oqim” gaz quvurlarida portlashlar uyushtirganlikda aybladi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.

“Anglo-sakslar uchun sanksiyalar yetarli emas. Ular Boltiq dengizi tubi bo‘ylab o‘tadigan “Shimoliy oqim” xalqaro gaz quvurlarida portlashlar uyushtirish orqali aqlbovar qilmaydigan sabotaj qilishdi. Ular umumevropa energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga kirishdilar. Bundan kim foyda ko‘rdi? Bu albatta hammaga ayon”, degan Rossiya Prezidenti.

Avvalroq Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi tufayli YeI AQSHdan suyultirilgan gaz import qilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Nashr shu faktdan kelib chiqib, Putin nutqida “anglo-sakslar” deganda birinchi navbatda AQSHni nazarda tutganiga ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni bir necha soat ichida “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2”ga quvurida to‘rtta gaz sizish nuqtasi aniqlandi. Ulardan birinchisi Daniyaning Bornxolm oroli yaqinidagi “Shimoliy oqim-2”da aniqlangan. Keyin “Shimoliy oqim”da ikkita sizish qayd etildi. Daniya energetika agentligi dengizga katta miqdorda gaz tushgani haqida xabar berdi. So‘nggi to‘rtinchi sizish nuqtasi Shvetsiya hududida topildi. Samolyotlar va kemalarning hodisa sodir bo‘lgan joyga besh dengiz milidan yaqinroq kelishi taqiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1893

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing