Ukrainadagi urush fonida AQSH gazdan rosa “soqqa” qilyapti – “Global Times”

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari suyultirilgan gaz bozorida AQSH kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar tufayli Yevropa energetika inqirozining asosiy foyda oluvchisi sifatida paydo bo‘ldi. Bu fikrni “Global Times” nashri bildirgan. 

“Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi tufayli YeI AQSHdan suyultirilgan gaz importini har qanday holatda ham oshirishga majbur bo‘ldi, bu esa amerikalik yetkazib beruvchilarga misli ko‘rilmagan foyda keltirdi”, deydi Syamen universiteti qoshidagi Xitoy energetika iqtisodiyoti tadqiqot markazi direktori Lin Botsyan.  

2021yilda AQSH Yevropa Ittifoqiga 34 milliard kub metr, 2022 yilning birinchi yarmida esa 39 milliard kub metr gaz yetkazib berdi, deb yozadi gazeta “Refinitiv” tahlil kompaniyasi va “Reuters” agentligi ma’lumotlariga tayanib.

“Ilgari buni tasavvur qilib bo‘lmas edi, chunki transport xarajatlari tufayli Amerika suyultirilgan gazining narxi Rossiya gaz quvuriga qaraganda ancha yuqori ekanligi aniq. Ammo endi Ukraina inqirozi buni haqiqatga aylantirdi, chunki Yevropa Ittifoqi Rossiya gaziga energetika qaramligini kamaytirishga qaror qildi”, deydi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, AQSHdan suyultirilgan gazning qimmat importiga qaramay, YeI uchun energiya talabi odatda keskin oshib borayotgan qish mavsumida inflyatsiya, elektr taqchilligi va ishlab chiqarishdagi uzilishlarning oldini olish qiyinligicha qoladi. 

Iyun oyida “Gazprom” “Shimoliy oqim” quvuri orqali gaz yetkazib berishni keskin kamaytirdi. Rossiya kompaniyasi buni Siemens gaz turbinasi Kanadadagi ta’mirdan so‘ng o‘z vaqtida qaytarilmagani bilan izohladi. 11 iyuldan 21 iyulgacha esa gaz quvurining ikkala tarmog‘i rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari tufayli to‘xtatildi.

2 sentyabr kuni esa “Shimoliy oqim”ning yagona ishlaydigan turbinasiga texnik xizmat ko‘rsatishda nosozliklar aniqlandi, gaz quvuri ular tuzatilmaguncha ishlamasligi e’lon qilindi. 

5 avgust kungi savdolarda Yevropada gaz narxi 1000 kub metr uchun 3200 dollardan oshdi. London ICE birjasiga ko‘ra, bunday yuqori narx 8 martdan beri birinchi marta kuzatildi. Kun boshidan buyon gaz narxining umumiy o‘sishi 8 foizdan ortiqni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1013

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing