Putin prezidentlikdan ketgach nima ish qilishini aytdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin iste’foga chiqqanidan keyin ishlash uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganini va “pechka ustida o‘tirishni” rejalashtirayotganini aytib hazillashdi.

Bugun, 30 iyun kuni “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida Vladimir Vladimirovich lavozimidan ketganidan so‘ng, qayerda ishlashni rejalashtiryapti, degan savol yangradi. Ushbu savolga Prezident Putin hazil aralash quyidagicha javob qaytardi:

“Nima uchun iste’foga chiqqandan keyin ishlash kerak. Pechka ustida o‘tiraman”.

Shu bilan birga, Vladimir Putin Rossiya davlati rahbari sifatida uning asosiy yutug‘i hali oldinda ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Putin 1999 yildan beri Rossiyaga rahbarlik qilib keladi. Birgina Dmitriy Medvedevning 2008-2012–yillardagi prezidentlik davrini hisobga olmasa (hisobga kiritmaslik uchun esa sabab bor, chunki o‘sha paytda Putin mamlakat Bosh vaziri lavozimida ishlagan) qariyb 22 yildan beri iqtidorda.

Hatto, Stalin ham SSSRga 18 yil rahbarlik qilgan. Putinning prezidentlik muddati tugashiga esa yana 2 yil bor. Lekin bu ham uning pensiyaga chiqishini anglatmaydi. Chunki Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi unga 2036 yilga qadar mamlakat Prezidenti bo‘lish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida vaqti kelganda Rossiyani kim boshqarishini aytishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Stalin

Baholaganlar

786

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing