Putin Pashinyan bilan Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati saytida xabar berilgan.

“Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qilishda mintaqadagi vaziyat barqarorlashgani va umuman tinchligicha qolayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Tomonlar, shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik va pandemiyaga qarshi kurashni muhokama qilgan. Suhbat Armaniston tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi 44 kunlik mojaro o‘tgan yilning 10 noyabrida uch tomonlama sulh bitimi bilan yakunlandi. Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ bilan qo‘shni yetti viloyat, shuningdek, Shusha va Hadrut shaharlari ustidan nazoratni tikladi. Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari hududning qolgan qismida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing