Mamlakatni yuksaltiryapsiz – Putin Mirziyoyevga baho berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 19 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda uni prezidentlik saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor tabrikladi va davlat rahbari sifatidagi xizmatlarini yuqori baholadi.

Uchrashuv oldidan ikki davlat rahbarlari qo‘l berib ko‘rishdi va bir-birini quchoqladi. 

“Sizni saylovdagi ishonchli g‘alabangiz bilan tabriklayman. Prezident sifatidagi ilk qadamlaringiz oldidan juda qiyin va katta ishlar kutib turganini, biroq barchasining uddasidan chiqishingizni ko‘p marta ta’kidlagan edik”, deydi Putin.

Putin so‘zida davom etar ekan, Mirziyoyevning davlat rahbari sifatidagi harakatlariga baho berdi.

“Ishonch bilan olg‘a intilyapsiz, mamlakatni yuksaltiryapsiz, natija bor, buni odamlar ko‘rib, his qilmoqda”, deya ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlari natijalari odamlar Mirziyoyevga ishonch bildirganidan dalolat beradi. 

“Sizni [g‘alaba] bilan chin qalbimdan tabriklayman va keyingi prezidentlik davrida muvaffaqiyatlar tilayman”, deya yakunladi Putin.

Shuningdek, Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlar va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

401

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing